Kompaniya haqida

Thermotech — Qo'qon erkin iqtisodiy zonasidagi zamonaviy zavod, O'zbekiston

Biz turar-joy va ofis binolarini isitish uchun yuqori sifatli po'lat panelli radiatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashganmiz. Ishlab chiqarishimiz to'liq avtomatlashtirilgan bo'lib, tayyorlash, yig'ish va sifat nazoratining ilg'or Yevropa texnologiyalariga asoslangan. Butun ishlab chiqarish jarayoni mahsulotning yuqori aniqligi va barqarorligini ta'minlaydigan yuqori texnologiyali italyan uskunalarida amalga oshiriladi. Biz faqat sertifikatlangan materiallardan foydalanamiz va xomashyodan qadoqlashgacha bo'lgan barcha bosqichlarda qat'iy standartlarni joriy etdik. Yuqori aniqlikdagi uskunalar, professional jamoa va samarali logistika tufayli Thermotech ichki va xalqaro bozorning eng qat'iy talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqaradi.

Bizning missiyamiz

Har bir uyda qulaylik va issiqlikni ta'minlaydigan ishonchli, uzoq muddatli va energiya tejamkor radiatorlar yaratish.

Bizning qadriyatlarimiz

  • Sifat

    ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat’iy nazorat

  • Ishonchlilik

    mahsulotning o'nlab yillar davomida barqaror ishlashi

  • Innovatsiya

    issiqlik texnikasi sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish

  • Mas’uliyat

    ekologiya va energiya samaradorligi haqida g’amxo’rlik

Sertifikatlar

Mahsulotimiz sifat va xavfsizlik bo’yicha xalqaro standartlarga javob beradi:

  • ISO 9001sifat menejmenti tizimi
  • EN 442issiqlik berish va bosim bo’yicha Yevropa standarti
  • GOSTMDH mamlakatlari uchun sifat standartlari

OEM / White Label ishlab chiqarish

Biz distribyutorlar va brendlar uchun moslashuvchan hamkorlik shartlarini taklif qilamiz. Thermotech sizning savdo markangiz ostida OEM va White Label buyurtmalarini qabul qiladi:

  • Sizning logotipingiz bilan radiatorlar ishlab chiqarish
  • Individual qadoqlash va markirovka
  • Bozoringiz xususiyatiga mos yechimlar ishlab chiqish