
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi (Farg‘ona viloyati, Uchko’prik tumani)da joylashgan Thermotech yirik sanoat zavodida Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or radiator ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan.

Italiya texnologiyalari
Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchi uskunalari - Ishlab chiqarishimizning yuragidir.

To‘liq avtomatlashuv
Barcha bosqichlar - qismlarlarni tayyorlashdan tortib yakuniy qadoqlashgacha - to’liq avtomatlashtirilgan liniyalarda amalga oshiriladi.
Biz, zavodimizda Italiyaning so‘nggi avlod uskunalari o‘rnatilganidan faxrlanamiz, ular quyidagilarni ta’minlaydi:
- Xomashyo va materiallarni tayyorlash
- Panellarni tayyorlash
- Radiator payvandlash
- Presslash va germetiklikni tekshirish
- Bo‘yash va himoya qoplamasi
- Sifat nazorati va qadoqlash
Texnologik jarayon haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin
Bizning ishlab chiqarish quvvatimiz yiliga, qo’shimcha 1 000 000 pagonometrgacha radiatorni tashkil etadi.Biz quyidagilarni taklif qilamiz:
- O‘z radiator brendlarimiz
- Buyurtmachi brendi ostida OEM ishlab chiqarish
- Dilerlar va pudratchilaruchun White Label yechimlari
- Turli o’lchamlarlar, quvvatlar va ulanish turlari uchun moslashuvchan ishlab chiqarish
Har bir bosqichda sifat nazorati tizimi o‘rnatilgan:
- Xomashyo va komponentlarning konveyrga kirish nazorati
- Ishlab chiqarish jarayonida parametrlarni onlayn nazorat qilish
- Mahsulotning har bir partiyasini yakuniy nazorat qilish, jumladan: 13 bargacha bo‘lgan bosim uchun gidravlik usulda sinovlar; vizual nazorat; bo‘yash va issiqlik uzatish geometriyasi va germetikligini o‘lchash.
Barcha jarayonlar ISO 9001 bo‘yicha sertifikatlangan, mahsulot EN 442 talablariga javob beradi.
Biz quyidagilarni joriy qildik:
- Suvni tozalashning yopiq sikli
- Atmosferaga chiqindilarni kamaytirish uchun filtrlash tizimlari
- Qayta ishlangan chiqindilarni ishlab chiqarish sikliga qaytarish
- Tarkibida og‘ir metallar bo‘lmagan xavfsiz kukunli bo‘yoqlar